Buyuk Britaniyaning The Guardian gazetasi AQShning Apple kompaniyasi maxfiy ravishda haydovchisiz avtomobil ishlab chiqish ustida ish olib borayotganini aniqladi, deb xabar bermoqda “Tengrinews.kz”.
Kodli nomi “Titan” bo‘lgan loyiha ustida yuzlab mutaxassislar, jumladan, Silikon vodiysi muhandislari, shuningdek, Tesla Motors va Mercedes-Benz mutaxassislari ishlamoqda. Apple o‘z ishlanmalarini sinovdan o‘tkazish uchun joyni ijaraga olishi ham aniqlangan.
Gazeta ushbu ma’lumotlarni kompaniya xodimlarining o‘zi o‘qiy olgan yozishmalari asosida ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, haydovchisiz harakatlana oladigan avtomobil deyarli tayyor, biroq loyiha tafsilotlari hali e’lon qilinmaydi.
Izoh (0)