Xitoyning Dunguan shahrida (Guandun viloyati) qurilayotgan metro stansiyasi yer ostiga qulab tushdi, deb xabar beradi The South China Morning Post.
Hodisa 13-avgust, payshanba kuni 10:00 atrofida sodir bo‘ldi.
Nashrning ma’lum qilishicha, qurilishning bir qismi dastlab 12-avgust, chorshanba kuni qulab tushgan. Takroriy qulash ta’mirlash ishlari davomida sodir bo‘lgan. Natijada qulab ketgan joyning umumiy maydoni 300 kvadrat metrga yetgan.
Bir nafar ishchining halok bo‘lganligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)