J’son & Partners Consulting kompaniyasi O‘zbekistondagi internet bozori va auditoriyasining hozirgi holati to‘g‘risidagi tadqiqoti natijalarini e’lon qildi.
Tadqiqotda qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2014-yilda keng polosali mobil internetdan foydalanuvchilar soni 10 milliondan oshgan, keng polosali simli internet abonentlari soni esa 117 mingga yetgan. 2014-yilda abonentlarning o‘sishi mos ravishda 3 va 5 foizni tashkil etgan.
Tariflarning bosqichma-bosqich pasaytirilayotgani tufayli internet arzonlashayotganiga qaramay, cheksiz internet narxi qimmatligi tufayli ko‘p ishlatilmayapti. Shu sababli, katta hajmdagi fayllarni yuklab olish keng tarqalmagan. Ijtimoiy tarmoqlar, onlayn chatlar, forumlar va videoaloqa esa milliy internet trafikning 35 foizini tashkil qilgan.
Tadqiqotchilar o‘tkazgan so‘rovdan ma’lum bo‘lishicha, mobil qurilmalar foydalanuvchilarining deyarli yarmi (47 foizi) deyarli har kuni internetdan foydalansa, kompyuter va noutbuklar foydalanuvchilari orasida bu ko‘rsatkich 32 foizga teng.
Izoh (0)