Germaniyada inson tanasini mobil qurilmalarni boshqarish uchun sensorli yuzaga aylantiruvchi datchikni o‘ylab topishdi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
iSkin deb nomlanuvchi tizim organik polimer asosida silikondan tayyorlangan, undagi datchiklar foydalanuvchi terisiga ulanadi, ular mobil qurilmalarni o‘z tanasi orqali boshqarishi mumkin bo‘ladi.
Tajribaviy tizim turli shakl va hajmlarda chiqariladi va barmoq, bilak, hatto quloqqa ham o‘rnatilishi mumkin.
Hozirgi prototiplar yordamida foydalanuvchilar kiruvchi qo‘ng‘iroqlarga javob berishi, musiqa qo‘yishi va ovoz balandligini boshqarishi mumkin.
Izoh (0)