Indoneziya sharqida 12-avgust, chorshanba kuni Cessna yengil yo‘lovchi samolyotining halokati natijasida bir kishi qurbon bo‘ldi, olti kishi yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” Yakuximo tumani politsiya rahbari Ade Jaya ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Manbalarda qayd etilishicha, dvigatelning nosozligi halokatga sabab bo‘lgan.
Komala Air mahalliy aviakompaniyasiga qarashli samolyot Ninia aeroportidagi uchish-qo‘nish yo‘lagidan uchishga uringanda halokatga uchradi. Natijada samolyotdagi texnik halok bo‘ldi, yaralangan uchuvchi va besh nafar yo‘lovchi evakuatsiya qilindi.
Izoh (0)