Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Chxve Yon Gon otib tashlanganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, qatl to‘g‘risida KXDR yetakchisi Kim Chen Inning shaxsan o‘zi joriy yilning may oyida buyruq bergan.
Bunga Chxve Yon Gon mamlakatda o‘rmon xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan siyosatni tanqid qilgani sabab bo‘lgan.
Izoh (0)