“O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati Toshkent shahri yo‘lovchi avtotransportini ta’minlashda dizel yonilg‘isi yetishmayotganligi yuzasidan iste’mochilarning ko‘p sonli murojaatlariga javoban O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-sonli “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga, to‘lovni 100 foiz oldindan amalga oshirish sharti bilan, to‘liq hajmda yonilg‘i yetkazib berayotganini ma’lum qildi.
Hozirgi vaqtda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi to‘lovlarni oldindan o‘tkazib bermayapti va olingan dizel yonilg‘isi uchun katta miqdorda qarz bo‘lib qolganligi to‘g‘risida xabar berildi.
Izoh (0)