Toshkent shahridagi Inha universiteti O‘zbekistonning ba’zi ommaviy axborot vositalarida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilgani munosabati bilan oliygohning hozirgi o‘quv binosi buzilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda universitet matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2015-yil, 5-avgust kuni “Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida” qaror qabul qilgan edi.
Avval xabar berilganidek, qarorda Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 13-uyda joylashgan qurilishi yakunlanmagan obyekt buzilishi aytilgan. Universitetning aniqlik kiritishicha, bu oliygohning hozirgi o‘quv binosi bilan yonma-yon joylashgan obyektdir. Universitet o‘z o‘quv korpusini kengaytirishni rejalashtirayotgani tufayli yangi bino quriladi.
Izoh (0)