Tojikistonda marshrutka tog‘ yo‘lidan Panj daryosiga qulab tushdi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Fojia respublikaning janubi-sharqida yuz berdi. Aniqlanishicha, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, mashina 12 metr balandlikdan daraga qulab tushdi. Hodisa 9-avgust, yakshanba kuni, kechki payt Dushanbe—Darvoz avtoyo‘lidan 319 kilometr masofada sodir bo‘ldi.
Avtomobilda sakkiz nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning barchasi, bundan tashqari 34 yoshli haydovchi halok bo‘ldi. Qurbon bo‘lganlarning jasadi topilib, qarindoshlariga yetkazildi.
Izoh (0)