Joriy yilda “O‘zavtoyo’l” aksiyadorlik kompaniyasi yangi yo‘l va ko‘prik uchastkasini qurishga kirishadi. U Chorvoq suv ombori yo‘nalishidagi yo‘lni qisqartirish imkonini beradi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.
“O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, “Toshkent aylanma yo‘li yangi uchastkasining qurilishi” nomli mazkur loyiha olti kilometrlik yangi yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: birinchi kilometrda Chirchiq daryosi orqali ko‘prik qurilishi bilan 4R-12 avtomobil yo‘lining 17-kilometridan 4R-1 avtomobil yo‘lining 39-kilometriga qadar.
Qurilajak yangi yo‘l va ko‘prik masofani qisqartiradi — Qibray tumanida barcha avtotransport vositalari aylanib o‘tish zaruratidan ozod bo‘ladi. Qurilish ishlari joriy yilning to‘rtinchi choragida boshlanadi.
Izoh (0)