2014-yil martida g‘oyib bo‘lgan Malayziyaning “Boing” samolyoti yo‘lovchilarining yaqinlari Xitoy poytaxti Pekinda norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu haqda The South China Morning Post xabar bermoqda.
Aviahalokat qurbonlari qarindoshlaridan 30 nafarga yaqini 7-avgustga belgilangan Malaysia Airlines vakillari bilan uchrashuvdan bosh tortdi. Ular uchrashuvda Malayziya ma’murlari va OAV vakillari ham qatnashishini talab qilgan, ammo aviakompaniya bu istakni qondirishdan bosh tortgan.
Norozilik namoyishi Malaysia Airlines’ning Pekindagi idorasi atrofida o‘tkazildi. Uning ishtirokchilari Malayziya hukumati va aviakompaniyaga ishonchsizlik bildirgan.