Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xaybar-Paxtunxva provinsiyasida mamlakat harbiy-havo kuchlariga qarashli vertolyot qulashi oqibatida 12 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, suv toshqinlari ro‘y bergan hududlarga yo‘l olgan Mi-17 vertolyoti bortida harbiy shifokorlar va dori-darmon bo‘lgan. Halokat natijasida bortda bo‘lgan barcha, shu jumladan, 2 nafar uchuvchi ham hayotdan ko‘z yumgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, halokatga noqulay ob-havo sabab bo‘lgan. Qulagandan so‘ng vertolyot yonib ketgan.
Izoh (0)