Toshkent shahridagi Inha universiteti 10 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 10 kunlik Codecraft dasturlash kurslarini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Kurs maktab yoshidagi bolalar uchun maxsus moslashtirilgan 10 ta mashg‘ulotdan iborat bo‘ldi. Darslar oddiy va samarali vizual dasturlash tili− Scratch yordamida qiziqarli o‘yin shaklida o‘tkazildi.
Kurs yakunida 17 nafar bitiruvchining ishlari bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Har bir bola o‘z o‘yinini namoyish etib, tashkilotchilardan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)