6-avgust oqshomida Yevropa ligasida uchinchi saralash bosqichi javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Arena.uz”.
O‘zbekistonlik Odil Ahmedov to‘p suradigan Rossiyaning “Krasnodar” jamoasi bir hafta muqaddam o‘z maydonida Slovakiyaning “Slovan” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. Javob uchrashuvida krasnodarliklar murosa yo‘lini tanladi – 3:3.
Avvalgi o‘yindan farqli ravishda Ahmedov bu safar asosiy tarkibda maydonga tushdi va uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida o‘zining faolligi orqali jamoasiga penalti ishlab berdi. 11 metrlik nuqtadan esa Smolov raqib darvozasini ishg‘ol qildi..
O‘zbekiston terma jamoasining boshqa bir vakili Sanjar Tursunov ham kecha o‘z jamoasi bilan Yevropa Ligasi saralash o‘yinlarida maydonga tushdi. Tursunovning “Vorskla” klubi o‘tgan haftada “Jilina” mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. Kechagi uchrashuvda esa ukrainaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar tomonidan kiritilgan gollardan biriga Tursunov mualliflik qildi.
Afsuski, “Jilina” jamoasi uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida o‘z maqsadiga yetdi va raqib darvozasiga gol kiritdi. Shu tariqa Tursunov va uning jamoasi o‘ta alamli tarzda Yevropa ligasi bilan xayrlashdi.
Izoh (0)