Iyul oyi oxirida Rossiya OAVlari tomonidan tarqatilgan xabarda Moskvadagi Sheremetyevo aeroportida shu yilning may oyi oxirlaridan beri yashayotgani aytilgan Yaponiya fuqarosi Tetsuya Abo aslida jurnalist emasligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Tjournal.ru”.
Xabarda Abo jurnalist ekanligi va Yaponiyada yolg‘on ayblov bilan qamalib chiqqanini ma’lum qilib, uyiga qaytish niyati yo‘qligi, unga Rossiya fuqaroligi berilishida yordam ko‘rsatishni so‘ragani aytilgan edi.
“InoSMI” nashrining sobiq bosh muharriri Aleksey Kovalyovning so‘zlariga ko‘ra, yapon ommaviy axborot vositalari faqatgina Rossiyaning “Sputnik” axborot agentligidagi Abo haqidagi xabarni qayta chop etgan, Google qidiruv tizimiga so‘rov berilganda esa, bunday ismli jurnalistni “tanimagan”.
Kovalyovning fikricha, Tetsuyaning hikoyasi “boshidan oxirigacha Rossiya telekanallari tomonidan to‘qib chiqarilgan”. Aeroportda yashayotgan yaponning shaxsi noma’lumligicha qolmoqda. Uning o‘zi “Zvezda” telekanaliga jurnalist emasligini, balki bloger va frilanser ekanligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)