Hindistonda ikki poyezdning relslardan chiqib ketishi natijasida halok bo‘lganlar soni 30 nafarga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Hodisa 4-avgust, seshanba kuni Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida sodir bo‘ldi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Kamayani Express poyezdining 12 ta vagoni va Janata Express poyezdining oltita vagoni deyarli bir paytda relslardan chiqib ketgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdlar Machak daryosi suvining tez ko‘tarilishi natijasida relsdan chiqib ketgan.
Hozirga qadar 300 dan ortiq kishi qutqarildi.
Izoh (0)