Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vengriya milliy tergov byurosi xodimlari Mikshols shahri yaqinidagi Nikladxaza qishlog‘ining ikki fuqarosini qalbaki AQSh dollari va Ukraina grivnasini tayyorlashda ayblab, hibsga oldi. Bu haqda "Korrespondent.net" xabar bermoqda.

Foto: grodnonews.by

Foto: grodnonews.by

Qo‘lga olinganlarning ko‘rsatmasidan ma’lum bo‘lishicha, ular joriy yil boshidan beri Mikshols shahridagi xususiy bosmaxonada faoliyat olib borgan. Qalbaki pullarga buyurtma Ukrainadan olingan va ularni asosan shu davlat hududida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tintuvlar chog‘ida tergovchilar yuqori sifatli 20 dollarli kupyuralar chop etilgan 1826 dona maxsus varaq topgan. Jinoyatchilar ularning o‘zidan 123 million forint (440 ming dollar) daromad ko‘rishi mumkin bo‘lgani aytilmoqda. Qalbaki dollarlar bosilgan va 200 grivnali kupyuralarni chop etish uchun tayyorlab qo‘yilgan jihozlar hamda xom-ashyo politsiya tomonidan musodara etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hududgazta’minot” aholini gazdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Mahalliy
“Kimdir javob berishi, kimdir qusishi kerak” — faollar gaz va elektr muammosi sababchilariga jazo so‘ramoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi