Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiyaning Reyunyon orolida samolyotning yangi bo‘laklari topildi, biroq ular 2014-yilda yo‘qolgan Boeing’ga tegishli yoki yo‘qligi hozircha noma’lum. Bu haqda Malayziya transport vaziri Liou Tiong Layga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: ntv.ru

Foto: ntv.ru

Uning aytishicha, topilmalar orasida qandaydir alyuminiy rom parchasi va samolyotga tegishli buyumning mayda-mayda bo‘laklari bor. Topilgan materiallar ekspertizasi 5-avgustda boshlanadi, biroq u qachon yakunlanishi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Reyunyon orolidan samolyot qanotining parchasi topilgan va mutaxassislar u bir yil avval yo‘qolgan Boeing 777 samolyotiga tegishli ekanligiga ishonch bildirgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi