Misr xavfsizlik kuchlari tomonidan oxirgi kunlar ichida Sinay yarimorolida 80 dan ortiq terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” Misr armiyasi rasmiy vakili Muhammad Samir ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Misr qo‘shinlari tomonidan 2015-yilning 20-iyulidan 31-iyuliga qadar Sinay yarimorolida 88 nafar terrorchilik guruhi a’zolari yo‘q qilingan. Bundan tashqari, terrorchilik faoliyatida gumon qilingan 60 nafar ekstremist hibsga olingan.
Terrorchilarga qarashli og‘ir pulemyotlar o‘rnatishga mo‘ljallangan 40 ta avtomobil musodara qilingan.
Izoh (0)