Ma’lumki, 2014-yil 8-sentabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida yosh oilalarga “Kamolot” uylaridagi kvartiralarni sotib olish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish yo‘li bilan, boshlang‘ich badal to‘lamasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan foizli stavka bilan (hozirda 9 foizni tashkil qilmoqda) 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davrga kredit berilmoqda, deb xabar beradi “Xushnudbek.uz”.
Albatta bunday ajoyib imkoniyat ko‘pchilik yoshlarni qiziqtirishi tabiiy hol. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugun “Kamolot” uylaridan birini xarid qilishni niyat qilgan yoshlar soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda.
2015-yil davomida Respublikaning qaysi hududlarida “Kamolot” uylari qurilayotganligi, uyning hajmi hamda moliyalashtiruvchi tijorat banklari haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan “Xushnudbek.uz” saytida tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)