Yaponiya hukumati O‘zbekistonga 211 million iyena (1, 703 million dollar) miqdoridagi grantni taqdim etadi, u O‘zbekiston vakillarining Yaponiyada o‘qishini tashkillashtirishga yo‘naltiriladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
O‘zbekiston hukumati 27-iyul kuni Yaponiya hukumatining O‘zbekiston vakillarining Yaponiyada o‘qishini tashkillashtirishga yo‘naltirilgan grantlarini samarali ishlatish chora-tadbirlari haqida qaror qabul qildi.
Hujjatga ko‘ra, grant O‘zbekiston vakillarini Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistraturasida o‘qitish uchun ajratiladi.
Ta’lim uchun nomzodlarni saralash Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi (JICE), O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Izoh (0)