Germaniyaning Spiegel gazetasi 2005-yildan buyon hukumatni boshqarib kelayotgan mamlakatning amaldagi kansleri Angela Merkel ushbu lavozimda to‘rtinchi muddatda ham qolish uchun o‘z nomzodini ilgari surmoqchiligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, Merkel o‘zi a’zosi hisoblangan Xristian-demokratlar partiyasining bosh kotibi Peter Tauber bilan saylovoldi kampaniyasiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilib ulgurgan. Ushbu kampaniya taxminan bir yarim yildan keyin boshlanishi kerak.
Bundestag uchun saylovlar 2017-yil kuzida o‘tkaziladi. So‘nggi marta 2013-yildagi parlament saylovida Xristian-demokratlar partiyasi va Xristian-sotsiallar ittifoqi bloki 41,5 foiz ovoz to‘plagan. Bu ularga o‘z nomzodlari Merkelni kanslerlikka qo‘yish imkonini bergan. Hukumat Germaniya sotsial-demokratlar partiyasi bilan koalitsiya orqali shakllantirilgan.
Izoh (0)