Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ma’lum qilishicha, 2015-yilning may oyida to‘yi katta shov-shuvga sabab bo‘lgan 47 yoshli politsiyachi Najud Guchigov va 17 yoshli Luiza Goylabiyeva birgalikda baxtli hayot kechirmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Foto: RIA Novosti

“Ular birga yashayapti, hayotdan xursand, bir-birini sevadi. Bu qarindoshining qo‘lini so‘rab, so‘ng turmush qurish bilan bog‘liq birinchi holat emas”, — dedi Qodirov. Checheniston rahbari OAV va ijtimoiy tarmoqlarda to‘y kuni kelin ko‘p ham baxtiyordek ko‘rinmagani haqidagi xabarlar va fikrlarga o‘z munosabatini ham bildirib o‘tdi.

“Kavkaz to‘ylarida kelin yig‘laydi. Men YouTube’ga kirib, kavkazcha to‘ylarni ko‘rib chiqdim. Chunki ba’zi birovlar yomon ta’sir ko‘rsatyapti: biz o‘z madaniyatimiz, to‘y o‘tkazish udumlarimizni yo‘qotyapmiz”, — dedi Qodirov.

“Shunday qilib, videolarni ko‘rdim. Ularning birida katta yoshli kelin erga tegyapti va yig‘layapti. Bizda turmushga chiqayotgan hamma qizlar yig‘laydi. To‘ylarimizda qizlarning xursand bo‘lishi odat emas”, — dedi Checheniston rahbari.

“Hammada bir savol paydo bo‘ldi: kelin nega xafa? Xuddiki, Checheniston va Rossiyada bundan boshqa muammo yo‘qdek, jonli efirlar vaqtida, yetakchi ommaviy axborot vositalarida shu haqda gapirishdi”, — deya qo‘shimcha qildi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi