46 yoshli britaniyalik kinorejissor, qo‘shiqchi Madonnaning sobiq turmush o‘rtog‘i Gay Richi oxirgi besh yildan buyon uchrashayotgan 33 yoshli model Jeki Eynsliga uylandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
30-iyul kuni Uiltshir grafligida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida Bred Pitt, Devid Bekxem kabi kelin-kuyovning do‘stlari qatnashdi.
Gay Richi va Jeki Eynsli 2010-yilda uchrasha boshlagan. Bir yildan so‘ng ularning birinchi o‘g‘li Rafael Richi dunyoga kelgan. 2012-yilda esa qizi Rivka va 2014-yilda ikkinchi qizi Levi tug‘ilgan. Richi 2008-yilda yetti yillik nikohidan so‘ng qo‘shiqchi Madonna bilan ajrashgan edi.
Izoh (0)