Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘tgan kecha falastinlik oilaning uyini yoqib yuborishda aybdor bo‘lgan shaxslarni topish uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
“Bu har tomonlama terrorchilik harakati hisoblanadi. Men xavfsizlik organlariga qotillarning qo‘lga olinishi va ularning iloji boricha tezroq sud oldida javob berishi uchun barcha kuchlarni safarbar etishga buyruq berdim”, — deydi Netanyaxu.
U Isroil xalqi nomidan uyi yoqib yuborilishi natijasida 1,5 yoshli bolasi halok bo‘lgan falastinlik oilaga hamdardlik bildirdi va yong‘indan jabrlangan to‘rt kishining tezroq sog‘ayishini tiladi.
Izoh (0)