Rossiya Markaziy harbiy okrugining rasmiy vakili Yaroslav Roshchupkin Orenburg viloyatida jangovar tayyorgarlik tekshiruvdan o‘tkazilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Qayd etilishicha, Totskiy poligonida “Iskander-M” majmuasidan shartli taktik raketa majmualariga va dushmanning jangovar salohiyatini aniqlovchi boshqa mo‘ljallarga qarata raketa uchirilgan.
Ma’lumot uchun, “Iskander-M” operativ-taktik raketa majmuasi bo‘lib, Rossiya armiyasining oltita brigadasi ushbu qurollar bilan ta’minlangan.
Izoh (0)