Chexiya shimoli-sharqidagi Dvur Kralove shahri hayvonot bog‘ida Yer yuzida saqlanib qolgan so‘nggi beshta shimol oq karkidonlaridan biri vafot etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Nubila laqabli urg‘ochi karkidon ushbu hayvonot bog‘ida tug‘ilganidan beri — 1983-yildan buyon yashab kelgan. Shimol oq karkidonining yana bir urg‘ochisi AQShning San-Diyego shahri hayvonot bog‘ida, bir urg‘ochi va ikki erkagi esa Keniyadagi qo‘riqxonada yashaydi.
Karkidonlarning noyob turi vakillari Keniyaga 2009-yilda aynan Chexiyadagi hayvonot bog‘idan olib kelingan, biroq bu hozircha ularning ko‘payishiga ta’sir qilmagan. Ular bilan birga kelgan yana bir erkak karkidon 2014-yilda noma’lum sabablar bilan vafot etgan.
Izoh (0)