Turkiya sharqida mamlakatni Eron bilan birlashtiruvchi gaz quvuri portlatib yuborildi. Natijada gaz ta'minoti to‘xtab qoldi, deb xabar beradi “Eurointegration.com.ua”.
“Portlash oqibatida yong‘in yuzaga keldi, biroq u tezda bartaraf etildi. Ta’mirlashdan so‘ng gaz ta’minoti tiklanadi”, — deydi Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Taner Yildiz.
Uning so‘zlariga qaraganda, hujum mamlakatning Eron bilan chegarasidan 15 kilometr masofada sodir etilgan.
Izoh (0)