Bryusselda Turkiya tomonidan NATO nizomining to‘rtinchi moddasiga binoan chaqirilgan alyans elchilarining favqulodda yig‘ilishi boshlandi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg yig‘ilishdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida alyans a’zolari bilan maslahatlashish huquqi mavjudligini ma’lum qilgan. U Turkiyada sodir bo‘lgan teraktlarni qoralab, hukumat va xalqqa hamdardlik bildirgan va NATO voqealar rivojini kuzatib borishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Atlantika shartnomasining to‘rtinchi moddasiga binoan, alyans a’zolaridan biri tahdid ostida qolganda favqulodda maslahatlashuvlar chaqirilishi mumkin va Turkiya aynan shu huquqdan foydalanib yig‘ilish chaqirgan. Bu teraktlar va IShID jangarilarining Turkiya chegarasiga uyushtirgan hujumlari bilan bog‘liq.
Izoh (0)