AQShning Sirakuz universiteti professori Sem Van Aken payvandlash yo‘li bilan 40 xildagi meva beruvchi daraxt yaratishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Ushbu daraxtda bir vaqtning o‘zida olxo‘ri, shaftoli, o‘rik, olcha, gilos singari mevalarning turli navlari o‘sadi. Yilning katta qismi davomida u oddiy daraxtdek ko‘rinadi, biroq bahor kelganda u turli xillarda gullaydi.
https://youtu.be/ik3l4U_17bI
Professor o‘z tajribalarini 2008-yilda boshlagan bo‘lub, bitta daraxt yaratishga o‘rtacha besh yil ketadi. Hozirgacha turli muzeylarda, jamoatchilik markazlarida va shaxsiy uylarda 16 ta ko‘p mevali daraxt o‘smoqda.
Izoh (0)