Buyuk Britaniya mamlakat fuqarolarining Eronga bormasligi to‘g‘risidagi tavsiyani qisman bekor qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
“Biz Eronning Iroq, Pokiston va Afg‘oniston bilan chegarasi yaqinidagi alohida hududlarga har qanday tashrif yuzasidan tavsiyalarni o‘z kuchida qoldiramiz, biroq Eronning boshqa qismlariga borishdan saqlanish to‘g‘risidagi maslahatni endi bermaymiz”, − deyiladi mamlakat TIV xabarida.
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ushbu bayonotni Eron va “oltilik” mamlakatlari Venada Tehronning yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga erishganidan ikki haftadan kamroq vaqt o‘tib e’lon qildi.
Izoh (0)