Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

BRIKS mamlakatlari (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi)ning Yangi taraqqiyot banki (YaTB) o‘zining dastlabki kreditini Xitoy milliy valyutasi — yuanda beradi. Bu haqda, “TASS” xabariga ko‘ra, mazkur moliya instituti prezidenti Kundapur Vaman Kamatx ma’lum qildi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Bankning ilk krediti 2016-yil aprelida yuanda tasdiqlanadi”, — deya Kamatxning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Hindistonning Outlook jurnaliyu

YaTBni tashkil etish haqidagi qaror BRIKSning 2014-yil iyulida Braziliyada bo‘lib o‘tgan sammitida imzolangan edi. U BRIKS davlatlari va rivojlanayotgan mamlakatlardagi infratuzilmaviy loyihalar va barqaror rivojlanish loyihalarini moliyalashtiradi. YaTBning kapitali 100 milliard dolarga teng bo‘lib, uning bosh qarorgohi Shanxayda joylashgan.

Avvalroq YaTBning rossiyalik vitse-prezidenti Vladimir Kazbekov bank uchun investitsion loyihalarni saralash ishlari 2015-yil oxirida boshlanishini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi