Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Kanadalik taksichilar noquniy ish yuritishda ayblab, AQShning Uber taksiga onlayn-buyurtma xizmatini sudga berdi. Haydovchilar kompaniyadan 307 million dollar undirish, shuningdek, Ontario provinsiyasida Uber faoliyatini sud orqali taqiqlash niyatida. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Foto: BBC

Foto: BBC

Kanadaliklar fikriga ko‘ra, kompaniyaning Uber X va Uber XL xizmatlari juda katta miqyosda noqonuniy yo‘lovchi tashishga sabab bo‘lmoqda, chunki kompaniya tomonidan yollanayotgan taksichilar mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega emas. O‘z navbatida, Uber qonuniy asosda faoliyat yuritayotgani, faqat kompaniyaning ish uslubi an’anaviy taksi xizmatlaridan keskin farq qilishini bildirgan.

Uber dasturi yaqin atrofdagi haydovchilarga buyurtma berish imkoniyatini tug‘diradi, buning uchun olinadigan haq esa boshqa taksi kompaniyalaridagiga qaraganda arzon. Undan tashqari, Uber raydshering – yo‘l haqini boshqa yo‘lovchi bilan bo‘lishish xizmatini ham taklif etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi