Londonning sharqiy qismidagi bog‘da maktab o‘quvchilari ta’til boshlanganligini nishonlash uchun daftarlari va o‘quv qurollarini yoqib yubordi. Ular tashkil qilgan yong‘in natijasida elektr uzatish tarmog‘i yonib ketdi, natijada poytaxtning sharqiy qismida va Esseks grafligida joylashgan 140 mingga yaqin uylar elektr ta'minotisiz qoldi. Bu haqda The Daily Telegraph xabar beradi.
Svetofor va to‘xtash joylaridagi shlagbaumlar ham elektr tizimidan uzib qo‘yildi.
Elektr uzatish tizimi 30 daqiqadan keyin tiklandi. Britaniya elektr ta’minoti xizmati yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘radi va yuqoridagi holat yuzasidan shaxsiy tekshiruv o‘tkazishga va’da berdi.
Izoh (0)