Turkiya politsiyasi Istanbulda aksilterrorchilik operatsiyasini boshladi, deb xabar beradi “TASS”. Besh mingdan ortiq tartib saqlovchilar vertolyotlar ko‘magida IShID terrorchilari va kudr jangarilari qidiruvini amalga oshirmoqda.
Turkiya hukumati IShID bilan kurashni kuchaytirishga qaror qildi va bugun tongda Turkiya Harbiy havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari Suriyada joylashgan jangarilarning to‘rtta obyektiga zarba berdi.
23-iyul, payshanba kuni mamlakat bosh vaziri Axmet Dovudo‘g‘li Anqarada xavfsizlik masalalari yuzasidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Unda harbiy mahkama va milliy razvedka xizmati rahbarlari ishtirok etdi.
Izoh (0)