Beeline uyali operatorining Qirg‘izistondagi vakolatxonasi bosh direktori Oleg Klochko yo‘l-transport hodisasi fakti bo‘yicha hibsga olindi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Bishkek ichki ishlar bosh boshqarmasiga tayanib.
Top-menejer 22-iyul, chorshanba kuni shu yilning fevralida sodir bo‘lgan YTH holati bo‘yicha qo‘lga olindi.
Klochkoga “harakat xavfsizligi va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish” moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Ayni paytda vaziyat aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)