AQSh prezidenti Barak Obamaning Keniya poytaxti Nayrobi shahriga tashrifi oldidan AQSh Maxfiy xizmatining yuzlab xodimlari ushbu mamlakat uchun misli ko‘rilmagan darajadagi xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda, deb xabar berdi “Knews.kg”.
Obamani qo‘riqlashga jalb etilgan xodimlar shunchalik ko‘pki, ularni Nayrobi markazidagi uchta yirik mehmonxona — Sankara, Villa Rosa Kempinski va Intercontinental mehmonxonalariga joylashtirishga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Keniya politsiyasining 25 foizi — 10 ming nafar politsiyachi jalb etilgan.
Bir necha kun oldin Keniyaga maxsus aloqa vositalari samolyotda olib kelingan. Bundan tashqari, AQShning bir nechta harbiy kemasi, jumladan, samolyot tashuvchi kema Keniya qirg‘oqlari yaqiniga olib kelingan. Favqulodda vaziyatda dengiz piyoda askarlari va harbiy havo kuchlari yordamida Obamani evakuatsiya qilish rejasi tuzilgan.
Obama Nayrobida Beast klassidagi limuzinda yuradi. Uning zirhi yirik kalibrli quroldan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumga dosh bera oladi, kimyoviy hujum vaqtida himoyalanish uchun kislorod ballonlari mavjud, ko‘zni yoshlantiruvchi gazli zambaraklarga ega. Prezidentga quyish zarurati tug‘ilishi mumkinligi inobatga olinib, uning qoni ham avtomobilda saqlanadi.
Izoh (0)