Ispaniyada nikohdan o‘tish yoshi 14 dan 16 yoshga o‘zgartirildi, deb xabar beradi “Eurointegration.com.ua”. Shu paytgacha ispaniyaliklar sudyaning ruxsati bilan 14 yoshdan oila qurishi mumkin edi. Endi esa Ispaniyada nikohdan o‘tish yoshi ko‘pchilik Yevropa davlatlari darajasida belgilandi.
Mamlakatning fuqarolik kodeksiga o‘zgartirish 2013-yildan buyon tayyorlanayotgan bo‘lishiga qaramasdan, u 23-iyul, payshanba kuni qonuniy kuchga kirdi. Bu o‘zgartirish Unicef va bolalar huquqi bilan shug‘ullanuvchi Ispaniya tashkilotlari tomonidan ma’qullandi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniyada 2000—2014-yillarda 16 yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan 365 ta nikoh tuzilgan.
Izoh (0)