Jyul Byankining xoki uning vasiyatiga ko‘ra, Fransiya Rivyerasidan turib O‘rta Yer dengiziga sochib yuborildi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Byanki bilan xayrlashuv marosimi 21-iyul kuni Nitstsada bo‘lib o‘tdi. Formula-1 poygachisi o‘tgan yilning kuzida Yaponiya Gran-prisida jiddiy halokatga uchragan edi.
Eslatib o‘tamiz, taqdim etilgan oxirgi hisobotga ko‘ra, to‘qnashuvning eng yuqori nuqtasida haydovchining boshiga kelib tushgan yuklama 254 g ga teng bo‘lgan, bu 48 metr balandlikdan qulash bilan barobardir. Taqqoslash uchun, kosmonavtlar raketa starti vaqtida 7 g gacha yuklamani qabul qiladi.
Izoh (0)