Nyu-Yorkning Jon Kennedi nomidagi aeroportida jonivorlar uchun terminal qurilib, konditsioner, dush, televizor va hatto massajyorlar bilan ta’minlanadi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Uning qurilishiga 48 million dollar ajratiladi. Terminal qurilishi 2016-yilda yakunlanishi kutilmoqda. Terminaldan yiliga 70 mingga yaqin jonivor o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Loyiha mualliflari barcha turdagi hayvonlar uchun qulaylik yaratishni maqsad qilgan: otlar uchun iqlim nazoratiga ega xonalar va dush, itlar uchun yirik ekranli televizorlar, pingvinlar uchun esa maxsus makon ajratiladi. Shuningdek, massaj xonalari ham bo‘ladi, tibbiyot xonasi uzluksiz xizmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)