Taniqli aktrisa Gulchehra Eshonqulova “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida bugungi o‘zbek filmlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi:
— San’atga qadam qo‘yganimdan buyon rol tanlayman. Shu kungacha birorta bo‘lar-bo‘lmas filmda chiqmaganman. Shuning uchun muxlislar aktrisa sifatida sog‘inishsa kerak. So‘nggi vaqtlarda katta ekranlarga chiqayotgan aksariyat kinokartinalar bir chaqaga arzimaydi. Men iste’dodimni bunday “film”lar uchun sarflaydigan aktrisa emasman! Ancha vaqtdan beri “portlash” darajasidagi filmning o‘zi bo‘lmadi, shuning uchun ham Gulchehra Eshonqulova kinoda yo‘q. Mahoratli rejissyor va “yuk”i bor ssenariylarning menga yetib kelishi qiyin bo‘ldi, xolos. Hozir “Mehmona” nomli serialda bandman.
— Bugun filmlarda yangi chehralar bosh qahramonlar rolini o‘ynayapti. Siz bu davrdan o‘tdingizmi yo hali ham bosh rollarga da’vogarlik qila olasizmi?
— Yangi chehralar mendan oldin ham chiqqan, keyin ham chiqadi. Bu jarayonni to‘g‘ri qabul qilaman. Ko‘zlarini pirpiratib, sochlari shamolda uchib turadigan qahramonlarni o‘ynaydigan davrdan o‘tdim. Bunday rollarni boshqa aktrisalar o‘ynay qolsin. Bosh roldan ko‘ra “yuk”i bor ikkinchi plandagi rolni afzal bilaman. Ochig‘i, hamkasblarim orasidan Dilnoza Kubayeva, Gulchehra Eshonqulovadan iborat bo‘lgan kuchli ikkitalikka kira oladiganlarni izlagandim.
Izoh (0)