“Sayyod.com” sayti aktrisa Gulchehra Eshonqulova va aktyor Sharof Sharopov ajrashayotgani haqida xabar qilmoqda.
Joriy yilning 30-may kuni Gulchehra va Sharof fotosessiya uyushtirgani haqida xabarlar berilgandi. Ammo nashrga ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni ular FHDYo idorasida nikohdan o‘tgan.
Eng qizig‘i, Sharofning ota-onasi ham bu gaplardan endi xabar topibdi. Ular o‘z to‘ylarini barchadan yashirib uyushtirgan.
Aktyor “Sayyod.com” bilan bog‘lanib quyidagilarni ma’lum qilgan:
“Men hozir Samarqanddaman va o‘z xatoimni tushunib yetdim. Ota-onamni tanladim, ularni hech qachon qaytarib bo‘lmaydi. Xotin kishini hamisha topsa bo‘ladi. Nikoh bo‘lib o‘tgani rost, lekin baribir turmush yaxshi bo‘lmadi. Ochig‘i, ko‘zlarim ko‘r edi, bilmayman nega. Hamma narsadan voz kechgandim, ota-onamdan ham, ammo hammasini tushunib yetdim va uyimga qaytdim.
Bizda hammasi tugadi. Urush ham bo‘ldi, boshqasiyam... Lekin men ajralishga topshiryapman. Men ota-onamni tanladim, tamom! Hali Gulchehra bilmaydi. U qaytishimga umid qilyapti , bilmasam... Ota-onam uni qabul qilishmadi baribir. Yosh boshim bilan hammasini uddalayman degandim. Baribir bir o‘zim hech narsa qila olmasdim”, — dedi Sharof Sharopov.
Izoh (0)