Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi portlash natijasida 19 kishi halok bo‘ldi, yana 32 nafari yaralandi, deb xabar beradi Khaama Press agentligi.
Faryab viloyatida joylashgan Alamar hududidagi odamlar bilan gavjum bo‘lgan bozorda mototsikldagi xudkush portlatish qurilmasini ishga tushirdi. U o‘sha yerda joylashgan Afg‘oniston xavfsizlik organi xodimlarini portlatishni maqsad qilgan.
Hujum uchun javobgarlikni hech bir terrorchilik guruhi bo‘yniga olmadi.
Izoh (0)