“Ryonxap” axborot agentligi Janubiy Koreya hukumatidagi manbaga asoslanib Shimoliy Koreya uzoq radiusga harakatlanuvchi raketalarni uchirish uchun yangi platforma qurganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qurilishi deyarli yakullangan platformaning balandligi 67 metr bo‘lib, mamlakatda shu paytgacha mavjud bo‘lgan bunday inshootlardan bir necha marta balanddir. Undan uchiriladigan raketalar ham avvalgilaridan ikki baravar uzun bo‘lishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, platforma qurilishi Xitoy chegarasi yaqinida — Pxenan-Pukto viloyatidagi Tonchxanni posyolkasi hududida 2013-yilda boshlangan. Seul ushbu obyekt qurilishi orqali Koreya mehnat partiyasi tashkil etilishining 70 yilligi (10-oktabr) oldidan Pxenyanning provokatsiyasidan cho‘chimoqda.
Izoh (0)