Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning hujjatlar to‘plami Interpol tomonidan qidirilayotgan shaxslar ro‘yxatidan olib tashlandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Shu tariqa Interpolning Yanukovichga qarshi 2015-yilning 12-yanvarida chop etilgan “qizil kartochkasi” o‘z kuchini yo‘qotganligini Britaniyaning Joseph Hage Aaronson advokatlik idorasi ma’lum qildi. Ushbu advokatlik idorasi Ukraina sobiq prezidentining manfaatlarini 2014-yilning mart oyidan buyon ifodalamoqda.
Interpolning qarorini idora ularning Viktor Yanukovich nomidan qidirilayotgan shaxslar ro‘yxatidan uni olib tashlash to‘g‘risidagi iltimosiga javob tariqasida izohlamoqda. Xalqaro politsiya tashkiloti Yanukovichga oid ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, hujjatlarni yanada chuqurroq tekshirish zarurligi to‘g‘risidagi qarorga keldi.
Izoh (0)