Tojikistonning turli hududlariga yopirilgan tabiiy ofat qurbonlari soni yetti kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Sel oqimi Xorog-Dushanbe avtoyo‘lining 450 kilometriga yopirilib, Dashtak qishlog‘idagi ko‘prikni buzib yubordi. Vanch tumanining Jovidon qishlog‘ida sel avtomobilni to‘ntarib yuborgani oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Rasht tumanidagi Bedaki qishlog‘ida esa 100 dan ziyod uy va 10 kilometr yo‘l vayron bo‘ldi.
Tojikistonnning tog‘li hududlaridagi tabiiy ofat tufayli oxirgi hafta mobaynida mamlakat iqtisodiyoti 50 million dollardan ortiq zarar ko‘rdi. Respublika hukumati dunyo hamjamiyatidan ko‘mak so‘ramoqda.
Izoh (0)