AQSh prezidenti Barak Obama Keniyaga tashrifi davomida ona qishlog‘i Kogeloga o‘z qarindoshlarini ko‘rgani bormaydi. Bu haqda Amerikaning Nayrobidagi elchisi Robert Godech ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
OAV xabariga ko‘ra, Sara Obama nabirasining bu qaroridan xafa bo‘lmagan.
“U mening emas, prezident Uxuru Keniataning mehmoni. U Kogeloga kela olmaydi, ammo baribir o‘z uyiga qaytmoqda. Axir u butun Keniyaning o‘g‘li emasmi?”, — dedi Sara Obama.
Obama Keniyaga 24-iyul kuni tashrif buyurishi kutilmoqda. Afrika turnesi davomida Obama qo‘shni Efiopiyaga ham borishni rejalashtirgan.
Bu uning prezidentlik davridagi Afrika qit’asiga 4-tashrifi hisoblanadi. U o‘zining ona qishlog‘iga so‘nggi marta 2006-yilda kelgandi.
Izoh (0)