Belorussiya prezidentligiga nomzodini qo‘yishni istagan 38 yoshli Yuriy Shulgan o‘z nomzodi uchun imzo yig‘uvchi tashabbuskor guruhni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Markaziy saylov komissiyasiga mast holda keldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Hozirgacha 12 kishi hujjatlarini topshirdi. 13 kishi bo‘lishi mumkin edi, biroq nomzodlardan biri MSKga mast holda keldi”, − dedi komissiya kotibi Nikolay Lozovik. Uning so‘zlariga ko‘ra, mast erkak spirt hidi undan kechagi iste’mol tufayli kelayotganini, bugun esa hushyor ekanligini tushuntirishga uringan. MSK militsiya chaqirgan va mast nomzod olib ketilgan.
Qayd etilishicha, Shulgan Brest viloyatining Moshkovichi qishlog‘ida tug‘ilgan, maktabdan keyin Brest davlat universitetiga o‘qishga kirgan, biroq o‘qishdan haydalgan. 2002-yildan buyon Minskda yashaydi. 15 yildan buyon rasman hech qayerda ishlamaydi. U 16-iyul kuni saylovoldi poygasidan chiqmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.
MSK tashabbuskor guruhlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni 17-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 gacha qabul qildi. Hozircha ulardan uchtasi, jumladan amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoning guruhi ro‘yxatga olindi. Nomzod bo‘lish uchun 100 mingta imzo to‘plash lozim. Saylov 11-oktabrga belgilangan.
Izoh (0)