16-iyul kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning Ramazon mavsumidagi 166 nafardan iborat dastlabki guruhi umra safaridan O‘zbekistonga sog‘-salomat qaytib keldi, deb xabar qiladi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy sayti.
Ziyoratchilarni Toshkent xalqaro aeroportida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlar vakillari kutib oldi.
Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 2 nafar ishchi guruhi, 13 nafar guruh rahbari (ellikboshi), 3 nafar shifokor va 2 nafar oshpazlar xizmat ko‘rsatdi.
Ziyoratchilarni Saudiya Arabistonida kutib olish, kuzatish va ularga qulay sharoitlar yaratish ishlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Jidda shahridagi Bosh konsullik tarkibida joriy etilgan “Haj” va “Umra” masalalari bo‘yicha attashe hamkorligida tashkil etildi.
Izoh (0)