Samarqand shahrida sayyohlar va shahar aholisi uchun elektromobillar xizmat ko‘rsatmoqda, deb xabar qiladi “12news.uz”.
Ayni vaqtda Yo‘lbarslar xiyoboni — Bibixonim madrasasi yo‘nalishi bo‘yicha 10 o‘rinli 4 ta va 6 o‘rinli 2 ta elektrda harakat qiluvchi mikroavtobuslar yurmoqda.
“Samarqand avtotexxizmat” AJ rahbari o‘rinbosari Obidjon Rahmonovning so‘zlariga ko‘ra, elektromobillar soatiga 30 km tezlik bilan harakat qila oladi, quvvati 60—80 km masofani bosib o‘tishga yetadi. Ular maxsus zaryadlash qurilmasi orqali 10 soatda quvvatlantiriladi. Akkumulyatorning quvvati bekatlarda kutish bilan hisoblanganda 8 soat davomida ishlashga yetadi.
Izoh (0)